Jahannam nega yaratilganini bilasizmi?

Jahannam nega yaratilganini bilasizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Javob: 1. Hozirgi insonlar hamma narsani aql va mantiq bilan o‘lchaydi. Mantiq haq bilan botilni o‘lchab berolmaydi. Lekin u bilan haqni ham, botilni ham isbotlasa bo‘ladi. Masalan, bir kishi e’tiroz qilib, dedi: “Uzum halol bo‘lsa, uning suvi ham halol bo‘lishi shart. Demak, sharob halol bo‘lishi kerak”. Eshitayotganlar uning so‘zini juda mantiqli topdilar. So‘ngra unga javob berildi: “Cho‘ntagingizda gugurt bormi? Shu gugurtni yoqib, qaytib cho‘ntagingizga solasizmi?” “Albatta, yo‘q”. “Nega, bu o‘sha gugurt-ku?” “Chunki u yoqilganidan keyin xavfli bo‘ladi”. “Xuddi shunday uzum suvi ham achitilib, mast qiluvchi sharobga aylangach, aql uchun xavfli bo‘ladi”. Eshitayotganlar bu javobni ham mantiqli topdilar. Demak, mantiqiy yo‘l bilan haqni ham, botilni ham isbotlasa bo‘larkan. Ammo u me’yor emas.

Jannamning yaratilishi Allohning adolatidir. Chunki qanchadan-qancha odamlar turli jinoyatlar, vahshiyona qatllar, g‘addorlik, xunxo‘rlik, zulmlar qilmoqda. ularning aksari dunyoda jazosiz qolmoqda. Agar ular qiyomatda jazolanmasalar, adolatsizlik bo‘lardi.

2. Narsalar ziddi bilan bilinadi. Kecha bo‘lmasa, kunduzning qadri bilinmasdi. Ochlik bo‘lmasa, to‘qlikning qadri noma’lum qolardi. Do‘zax bo‘lmasa, jannatning qadri bilinmasdi.

3. Allohning sifatlari ikki qism: jamoliy va jaloliy (lutfiy va qahriy)dir. Farishta, jannat, solih amallarni yaratish lutf sifatining zohir bo‘lishidir. Shayton, jahannam, yomon amallarni yaratish qahr sifatining zohir bo‘lishidadir. Qahr bo‘lmasa, lutf bo‘lmaydi. Ochlik bo‘lmasa, to‘qlik, og‘riq bo‘lmasa, lazzat bo‘lmaydi. Dunyodagi majoziy podshohlar qo‘l ostidagilarning ba’zini vazir, ba’zisini supurib-tozalovchi qiladi. Uni hech kim malomat qilib, ishini zulmga nisbat bermaydi. Chunki bu mamlakatning zaruratlaridandir.

 

“Sog‘lom e’tiqod – mo‘minga najot” kitobidan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!