Italiyada yuzlab tobutlar dengizga oqib ketdi

Italiyada yuzlab tobutlar dengizga oqib ketdi

Italiyada tuproq o‘pirilishi oqibatida yuzlab tobutlar dengizga qulagan. Bu haqda BBC xabar berdi. 

«Bu turdagi ko‘chkini oldindan aytish yoki sezish juda qiyin», — deydi hodisa ro‘y bergan Genuya shahridagi Kamoli qishlog‘i meri Franchesko Olivari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kun oldin mahalliy ishchilar qoyadagi yoriqni ko‘rib qolishgan va bu haqda mas’ullarga xabar berishgan. Gap shundaki, qishloq qirg‘oqlarini yuvib turadigan Liguriya dengizi yaqinidagi jarlik ustida 100 yillik qabriston bor. Tobutlar qadimgi italyan urf-odatlariga ko‘ra, devorlar orasiga suvab tashlangan edi. Hosil bo‘lgan yoriq oqibatida devorning bir qismi qabrlar bilan birga suvga tushib ketgan.

«Ushbu hududda tog‘ ko‘chkilari va tuproq o‘pirilishlari tez-tez sodir bo‘lib tursa-da, oxirgi voqea haddan tashqari katta fojeaga aylandi», deydi mer.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!