Italiyada Yevropadagi eng baland piyodalar osma ko‘prigi qurildi

Italiyada Yevropadagi eng baland piyodalar osma ko‘prigi qurildi

Italiyaning markaziy Umbria mintaqasidagi Vigi ko‘li vodiysida ko‘prik ochildi, u Yevropadagi eng baland ko‘prikka aylandi.

U yer sathidan 175 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, uzunligi 517,5 metrga yetadi.

Inshoot Sellano va Montesanto qishloqlarini bog‘laydi. Uni ustidan o‘tish uchun 30 dan 45 daqiqagacha vaqt sarflanadi. Inshootning rasmiy saytida aytilishicha, zinapoyalar orasidagi masofa adrenalin oqimini oshiradi va uni yengish katta jasorat va sarguzashtlarga chanqoqlikni talab qiladi.

Ko‘prikdan o‘tishga qaror qilganlar xavfsizlik kamarlari bilan ta’minlanadi. Tashrif buyuruvchining bo‘yi kamida 120 santimetr bo‘lishi, ruhiy va jismoniy salomatligi yaxshi bo‘lishi, balandlik kasalligidan aziyat chekmasligi kerak. Ko‘prik yil davomida ishlaydi va chipta narxi 25 yevro, deb xabar beradi mir24.tv.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!