Isroilning G‘azodagi hujumlarida 9138 talaba halok bo‘ldi

Isroilning G‘azodagi hujumlarida 9138 talaba halok bo‘ldi

7 oktabrdan beri Isroilning blokadadagi G‘azo sektori va bosib olingan G‘arbiy Sohilga uyushtirgan hujumlari natijasida 9241 nafar talaba halok bo‘ldi.

Bu haqda WAFA Falastin ta’lim vazirligi bayonotiga tayanib xabar berdi.

Departament bayonotiga ko‘ra, G‘azoda 9138 nafar talaba Isroil armiyasining hujumlari qurboni bo‘lgan, G‘arbiy Sohilda esa 103 nafar talaba halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, G‘azoda 14 671, G‘arbiy Sohilda esa 505 talaba jarohat olgan.

G‘arbiy Sohilda yana 357 nafar talaba Isroil harbiylari tomonidan qo‘lga olingan.

G‘azo va G‘arbiy Sohildagi hujumlarda 497 nafar o‘qituvchi va ma’mur halok bo‘ldi, 3426 nafari yaralandi.

G‘arbiy Sohilda ta’lim sohasida ishlagan 357 falastinlik qo‘lga olindi.

G‘azoda 353 ta davlat maktabi va universitet binosi, shuningdek, Falastinlik qochqinlarga yordam berish va ish bilan shug‘ullanuvchi Yaqin Sharq agentligining (UNRWA) 65 ta binosi o‘qqa tutildi.

Bu binolarning 139 tasi shikastlangan, 93 tasi butunlay vayron bo‘lgan, 133 ta davlat maktabi esa falastinlik qochqinlar uchun boshpana bo‘lgan.

Bundan tashqari, G‘arbiy Sohildagi 69 ta maktab va 5 ta universitet Isroil armiyasi tomonidan reyd uyushtirgan.

G‘azo sektorida 39 ming talaba kirish imtihonlarida qatnasha olmadi.

Bayonotda, shuningdek, ko‘plab o‘quvchilar ruhiy zarbaga uchragani aytiladi.

7 oktabrdan beri Isroil armiyasining G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 38 664 nafar falastinlik halok bo‘ldi, ulardan kamida 15 694 nafari bolalar va 10 279 nafari ayollar, 89 mingdan ortiq falastinlik yaralandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!