Ispaniyada "Despacito" qo‘shig‘i ijrochisini tunab ketishdi

Ispaniyada "Despacito" qo‘shig‘i ijrochisini tunab ketishdi

Ispaniyaning Valensiya shahrida Puerto-rikolik reper Deddi Yanki (YouTube tarmog‘ida 5 milliarddan ortiq tomosha qilingan Despacito qo‘shig‘i ijrochilaridan biri) o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi, deb yozadi Meduza.

Jinoyatchi qo‘shiqchi turgan mehmonxona nomeridan hech qanday qarshiliklarsiz 2 million yevroga teng qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketgan. O‘g‘ri mehmonxona xodimiga o‘zini Deddi Yankening otasi ekanligini aytadi, xodim esa brilliantlar bo‘lgan seyfni unga ochib beradi. Bundan tashqari, Deddi Yankining jamoasi ham bo‘lgan. O‘g‘ri ular turgan xonadan 2500 dollar olib ketgan.

Qo‘shiqchining vakillari o‘g‘irlik sodir bo‘lganligini tasdiqladi, biroq batafsilroq izoh berishdan bosh tortdi.

Valensiya polisiyasi qo‘shiqchi va uning jamaosini so‘roqqa tutgan, ular to‘xtagan mehmona xonalarini tekshirgan. Biroq o‘g‘rining barmoq izini ham topa olishmagan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!