«Iso At-Termiziy ziyoratgohi»dan «pul yegan» boshliqning oshqozoni og‘ridi(mi)

«Iso At-Termiziy ziyoratgohi»dan «pul yegan» boshliqning oshqozoni og‘ridi(mi)

Qonunni buzgan insonning vijdon og‘rig‘i tayinlangan jazoni o‘tashi, ijro qilishi bilan yengillashishi mumkin. Soxta pushaymonlik qiyofasini ko‘rsatib bo‘lsa-da, atrofdagilarni, o‘zini aldashni uddalaydi. E’tiqodga xiyonat qilgan insonning afsusi qanday bo‘larkan? Qonuniy jihatdan jinoyat, diniy yondoshuvda gunoh maqomlarining chegarasini anglamagan qalbning halovat nomli tonggi otadimi?

Gap shundaki, “Surxondaryoyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi boshlig‘i B.K. o‘z mansab vakolatidan foydalanib, 2019 yil mart-aprel oylarida Sherobod tumanidagi “Iso At-Termiziy ziyoratgohi”ga kirish yo‘lining chetiga tomchilab sug‘orish ob’ekti qurilishida har xil o‘lchamdagi – jami qiymati 171 mln. 400 ming so‘mlik polietilen quvurlarni sotib olganligi hamda 44 mln. 300 ming so‘mlik amalda bajarilmagan yer ishlarini o‘zi ta’sischi bo‘lgan MCHJ tomonidan bajarilganligi haqidagi soxta hujjatlar tuzib, hisobotlarga qo‘shib yozadi. Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida “Surxondaryoyo‘lko‘kalam” unitar korxonasi boshlig‘i B.K. jami 215 mln. 700 ming so‘m miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

"Diyor24.uz" manbasining yozishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro B.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!