“Islom terrorizmi”: Erdo‘g‘on Makronni keskin tanqid qildi

“Islom terrorizmi”: Erdo‘g‘on Makronni keskin tanqid qildi

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Londonda o‘tkazilgan NATO sammitida islomiy terrorizm haqida aytgan so‘zlari uchun Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni tanqid qildi.

“NATO sammitida Makron o‘rnidan turib, islom terrorizmi haqida gapira boshladi. Men unga “islom” so‘zi “tinchlik” degan ma’noni anglatishini ko‘p marta aytgandim. Qanday qilib tinchlik va terrorizmni birlashtira olasizlar? Hozir Parijda “sariq nimchalar” norozilik qilmoqda. Xo‘sh, ularni to‘htatsin. Nega buni qila olmaydi?”, - dedi Erdo‘g‘on Anqarada.

Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, g‘arb davlatlari islom terrorizmdan qo‘rqayotgan vaqtda, musulmon davlatlari terrorchilardan eng ko‘p azob chekmoqda.

“E’tibor bering, barcha muammolar islomiy davlatlarda yuz bermoqda: Suriya, Iroq, Somali... “Ajrat, tilka pora qil, yut” imperiyacha fikrlash davom etmoqda. Musulmonlar huquqlari buzilganda, biz ularning tarafidamiz”, - deb qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!