Iqtisodchi Rossiyada islom bankining ilk qadamlari haqida gapirdi

Iqtisodchi Rossiyada islom bankining ilk qadamlari haqida gapirdi

InVoiceMedia saytida Moliyaviy tahlilchilar va risk-menejerlar gildiyasi kuzatuv kengashi a’zosi, iqtisod fanlari nomzodi Aleksandr Razuvayev tomonidan Rossiyada islom bank ishi haqida munozarali matn e’lon qilindi.

“Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlarda islomdan qo‘rqadigan va nafratlanadigan odamlar bor, ular avvallari raqamlashtirish va COVID-19 ga qarshi emlashdan qo‘rqishgan, hozir esa bunday odamlarning asosiy dushmani Islom, jumladan, islom banki, ularning fikricha, G‘arb razvedka xizmatlari mahsuloti”, - dedi Aleksandr Razuvayev.

Iqtisodchining ta’kidlashicha, islom bankini joriy etishning asosiy g‘oyasi – ko‘rfaz davlatlaridan pul mablag‘larini loyihalarni moliyalashtirishga jalb qilish imkoniyati. Shuningdek, sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun islom bankidan faol foydalanish. Eron bundan faol foydalanmoqda. Rossiya Banki vakillari Islom Respublikasi poytaxtiga tashrif buyurishdi va ehtimol bu masalani muhokama qilishgan.

Qimmatli qog‘ozlar bozori haqida nima deyish mumkin? Islom investorlari birjada savdo qilishadi, biroq diniy qoidalarga ham rioya etishadi. Razuvayev shariatga mos kompaniyalarni o‘z ichiga olgan bir qancha indekslar mavjudligini qayd etdi:

Dow Jones Islamic Market Index;

MSCI World Islamic Index;

S&P 500 Shariah;

S&P Europe 350 Shariah;

S&P Japan 500 Shariah;

S&P Pan Asia Shariah;

S&P GCC Shariah;

S&P BRIC Shariah Index.

“Qizig‘i shundaki, ro‘yxat oxiridagi indeksga musulmon bo‘lmagan mamlakatlar –  Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kompaniyalari ham kiritilgan. Ularning faoliyati islom normalariga zid emas. Moskva birjasi islom indeksini ishga tushirish orqali islomiy moliyaga e’tibor berishi kerak. Dunyoda 2 milliard musulmon bor. Va agar barchasi Rossiya fond bozoriga 10 dollar sarmoya kiritsa, Alloh, shubhasiz, ko‘p gunohlarni kechiradi”, - dedi u.

Aleksandr Razuvayev Fors ko‘rfazi davlatlari investorlari Rossiyadan eng ko‘p eng katta kapitallashuvga ega bo‘lgan free float kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi mumkinligini ta’kidladi. “Investision qonunlar hamma joyda bir xil. Islom bankida ishlash uchun esa professional bo‘lish kifoya, lekin musulmon bo‘lish shart emas”, - deb yozdi iqtisodchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!