A seriya. Shomurodov zaxiradan tushgan bahsda «Roma» safarda «Yuventus» bilan durang o‘ynadi

A seriya. Shomurodov zaxiradan tushgan bahsda «Roma» safarda «Yuventus» bilan durang o‘ynadi

Italiya chempionatining 3-turi doirasida «Yuventus» o‘z maydonida «Roma»ni qabul qildi. Turinliklar joriy mavsumda ilk marta ochko yo‘qotishdi — o‘yinda hisob ochilmadi.

Eldor Shomurodov uchrashuvning 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi. "Roma" ushbu durang tufayli o‘z ochkolarini 2 taga yetkazib, 16-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, "Yuve" 7 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi.

Italiya A seriyasi, 3-tur
Yuventus – Roma 0:0 (0:0, 0:0)
1 sentyabr, 23:45, «Alyans Stadium»
Yuventus – Di Gregorio, Kabal (Kopmeyners, 46), Bremer, Gatti, Savona, Fajoli (Duglas Luis, 67), Lokatelli (Makkenni, 67), Kambyazo, Mbangula (Fransishku Konseysau, 46), Yildiz, Vlaxovich (Gonsales, 83).
Roma – Svilar, Anxelinyo, Ndika, Manchini, Chelik, Pizilli (Kone, 72), Kristante, Salemakers (Zalevski, 62), Pellegrini (Shomurodov, 82), Soule (Dibala, 61), Dovbik (Baldansi, 82).
Ogohlantirishlar: Fajoli (2), Salemakers (44), Manchini (85), Bremer (85).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!