Tayvan Xitoyga Uzoq Sharqdagi yerlarni Rossiyadan qaytarib olishni taklif qildi

 Tayvan Xitoyga Uzoq Sharqdagi yerlarni Rossiyadan qaytarib olishni taklif qildi

Tayvan prezidenti Lay Sinde ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida, agar Xitoy hududiy yaxlitligini tiklash zarurati tufayli Tayvanga da’vo qilayotgan bo‘lsa, Pekin Rossiyadan Uzoq Sharqdagi “tarixiy yerlar”ni talab qilishi kerakligini aytdi.

"Nega Rossiya Aygun shartnomasi asosida bosib olgan yerlarni qaytarib bermasligi kerak? Rossiya hozir eng zaif holatda. Ammo Pekin buni hududiy yaxlitlikni emas, balki Tayvanga bosim o‘tkazish orqali “xalqaro maydonda gegemonlik”ni ko‘zlagani uchun qilmayapti", — dedi Tayvan yetakchisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!