Iqlim o‘zgarishi Afrikada 120 millionga yaqin odamga tahdid solmoqda

Iqlim o‘zgarishi Afrikada 120 millionga yaqin odamga tahdid solmoqda

2030 yilga kelib, Afrikadagi 118 milliongacha o‘ta kambag‘al odamlar qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va haddan tashqari issiqlikka duchor bo‘ladilar. Bu haqda Jahon meteorologiya tashkilotining "Afrikadagi iqlim holati 2023" nomli hisobotida aytiladi.

Hujjatga ko‘ra, qit’a iqlim o‘zgarishining tobora og‘ir yukini va zarur moslashuv uchun nomutanosib ravishda yuqori xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.

Hisobotda aytilishicha, Afrika davlatlari o‘rtacha yalpi ichki mahsulotning (YAIM) 2-5 foizini yo‘qotmoqda, ko‘pchilik o‘z byudjetlarining 9 foizini ekstremal iqlim hodisalariga qarshi kurashga bag‘ishlamoqda.

Qayd etilishicha, Afrikaning Sahroi Kabirdan janubi-g‘arbiy qismida moslashish xarajatlari keyingi o‘n yillikda yiliga 30–50 milliard dollar yoki YAIMning 2–3 foizini tashkil qiladi.

VMO Afrika mamlakatlari milliy meteorologik va gidrologik xizmatlarga sarmoyalarni ko‘paytirishga ustuvor ahamiyat berishlari va hayot va tirikchilik vositalarini saqlab qolish uchun "Barcha uchun erta ogohlantirishlar" tashabbusini amalga oshirishni tezlashtirishlari kerakligini aytadi.

VMO Bosh kotibi Selest Sauloning aytishicha, so‘nggi 60 yil ichida Afrikada global o‘rtacha ko‘rsatkichdan tezroq bo‘lgan isish tendensiyasi kuzatilgan. "2023 yilda qit’ada halokatli issiqlik to‘lqinlari, kuchli yog‘ingarchilik, toshqinlar, tropik siklonlar va uzoq muddatli qurg‘oqchilik kuzatildi", dedi u.

Sauloning qo‘shimcha qilishicha, xuddi shunday manzara 2024 yilda ham davom etib, gumanitar inqirozni yanada kuchaytiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!