Ukraina Moskvaga hujum qildi

Ukraina Moskvaga hujum qildi

Rossiya Ukraina dronlarining «yirik» hujumini qaytarganini aytmoqda.

Rossiya 15 ta mintaqada 158 ta dronni, jumladan, poytaxt Moskvada ikkita dronni urib tushirib, Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining «yirik» hujumini bartaraf etganini aytdi.

Xabar qilinishicha, shahar yaqinidagi ko‘mir elektr stansiyasi hamda shahar chegarasidagi neftni qayta ishlash zavodiga zarbaga uchragan.

Poytaxtdan 100 kilometr shimoli-sharqda joylashgan Tver viloyatidagi elektr stansiyasiga ham hujumlar sodir etilgani xabar qilingan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Kursk, Bryansk, Voronej va Belgorod chegara hududlarida 122 ta dron urib tushirilganini ma’lum qildi.

Dronlar, shuningdek, Rossiyaning chuqurroq hududlarida, jumladan, Moskva shimoli-g‘arbidagi Tver viloyatida va Rossiya poytaxtidan shimoli-sharqdagi Ivanovo viloyatida bittadan urib tushirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!