Vengriya Toshkent shahri yaqinida parrandachilik klasteri barpo etadi

Vengriya Toshkent shahri yaqinida parrandachilik klasteri barpo etadi

O‘zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov "Bonafarm" kompaniyasi ijrochi direktori Attila Chani bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarni muhokama qildilar va kelgusidagi hamkorlik yo‘llarini belgilab oldilar.

O‘zbekiston va "Bonafarm" kompaniyasi o‘rtasidagi asosiy qo‘shma loyihalardan biri bo‘lgan Toshkent shahri yaqinida parrandachilik klasterini barpo etish loyihasiga alohida e’tibor qaratildi. Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash uchun ushbu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirish maqsadida tomonlar o‘zaro manfaatli natijalarga erishish uchun konstruktiv muloqot va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!