BAA Moliya vazirligi: "BRIKS kengayishi assosiasiyaning jahon iqtisodiyotidagi mavqeini mustahkamladi"

BAA Moliya vazirligi: "BRIKS kengayishi assosiasiyaning jahon iqtisodiyotidagi mavqeini mustahkamladi"

BRIKS guruhining kengayishi mintaqaviy assosiasiyaning iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga yordam berdi.

Bu haqda BAA moliya vaziri o‘rinbosari Yunis Hoji al-Xuriy WAM agentligiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

"2024 yilda BRIKS guruhiga yangi a’zolarning qo‘shilishi uning iqtisodiy mavqeini sezilarli darajada mustahkamladi. Hozir u dunyo aholisining qariyb 45 foizini va jahon eksportining 25 foizini tashkil etadi. BRIKSga a’zo mamlakatlarning umumiy yalpi ichki mahsuloti 29 foizni tashkil etadi", - dedi u.

2023 yil avgust oyida BRIKS guruhiga oltita yangi a’zo taklif qilindi, jumladan Argentina. Natijada ulardan besh nafari – Misr, Eron, BAA, Saudiya Arabistoni va Efiopiya tashkilotga a’zo bo‘ldi, ular 1 yanvardan Rossiya raisligida BRIKSda ish boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon BRIKSga qo‘shilish uchun rasmiy ariza bergan edi. 21 avgust kuni Federasiya Kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarov Ozarbayjonning tashkilotga a’zo bo‘lish uchun rasmiy arizasi Qozondagi sammitda ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya ham BRIKSga qo‘shilishdan manfaatdor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!