Vengriya: Biz Rossiyasiz yashay olmaymiz

Vengriya: Biz Rossiyasiz yashay olmaymiz

Rossiya neftisiz Vengriya omon qolmaydi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vazirligi rahbari Peter Siyarto bayonot berdi.

«Agar Vengriya Rossiyadan neft yetkazib berishni to‘xtatsa, biz omon qola olmaymiz, keng ma’noda mamlakatni boqa olmaymiz. Biz yoqilg‘iga bo‘lgan talabni shunchaki qondira olmayapmiz... Chunki bizda yetarlicha muqobil infratuzilma yo‘q. Adriatik sohilidan Xorvatiyadan Vengriyaga o‘tadigan yana bir quvur bor, biroq uning quvvati Vengriyani ta’minlash uchun yetarli emas», — dedi vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, uzoq muddatda «qonuniy jihatdan mazmunli yechim» topish kerak. «Biz rossiyalik yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib bordik, Ukraina tranzitchilari bilan muzokaralar olib bordik. Hozirgi holatni baholar ekanman, shuni aytishim mumkinki, biz uzoq muddatli yechimga bosqichma-bosqich yaqinlashyapmiz, biroq biz bunga hali erishganimiz yo‘q», — dedi Piter Siyarto. U muzokaralar tafsilotlarini ma’lum qilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!