Yaponiyada shahar bog‘idan uch ming dona nok o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Yaponiyada shahar bog‘idan uch ming dona nok o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Yaponiyada shahar bog‘idan uch ming nok o‘g‘irlagan erkak hibsga olindi.

Kasama shahrining hushyor aholisi Ibaraki prefekturasi polisiyasiga murojaat qilganidan keyin o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi. Ularning aytishicha, chet el fuqarosi mamlakatda qolish uchun ruxsatisiz shaharda bo‘lishi mumkin. Mehmonxonada 31 yoshli vyetnamlik erkakdan qutilarga qadoqlangan 1800 ga yaqin nok, shuningdek, tarozilar, karton qutilar va posilkalar uchun pochta cheklari topilgan.

Qo‘lga olingan shaxs 24 soat ichida shahar bog‘idan uch ming nokni o‘g‘irlab ketganini, ularning bir qismini xaridorlarga jo‘natishga muvaffaq bo‘lganini aytdi. Rasmiylarga ko‘ra, shahar g‘aznasiga olti ming dollarga yaqin zarar yetgan. Xorijiy fuqaroning ehtimoliy sheriklari qidirilmoqda, deb yozadi Sora News.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!