Eyfelning avlodlari Olimpiya halqalarini ota-bobolarining minorasida qoldirish qaroriga qarshi chiqishdi

Eyfelning avlodlari Olimpiya halqalarini ota-bobolarining minorasida qoldirish qaroriga qarshi chiqishdi

Eyfel minorasini yaratgan muhandis Gyustav Eyfelning avlodlari Parij meri Ann Idalgoning Olimpiada o‘yinlari oldidan u yerda o‘rnatilgan Olimpiya halqalarini saqlab qolish qaroriga qarshi chiqdi.

"Parij va Fransiyaning ramziga aylangan Eyfel minorasi Olimpiya o‘yinlari kabi tadbir bilan doimiy bog‘lanishdan ko‘ra kengroq maqsadni ko‘zlaydi" - dedi Gyustav Eyfel avlodlari jamiyati BFMTV telekanaliga.

Avvalroq Idalgo Olimpiada o‘yinlari oldidan o‘rnatilgan olimpiya halqalari minorada qolishini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan ruxsat olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!