Polsha Ukraina osmonidagi raketalarni urib tushirishi kerak — Polsha Tashqi ishlar vaziri

 Polsha Ukraina osmonidagi raketalarni urib tushirishi kerak — Polsha  Tashqi ishlar vaziri

"Shaxsan men dushman raketalari bizning havo bo‘shlig‘imizga kirganda, bu qonuniy o‘zini-o‘zi himoya qilish ekanligiga ishonaman. Chunki ularning qurollari bizning havo hududimizga kirganda, raketa yoki dron parchalari fuqarolarimizni jarohatlashi mumkin. Bunday harakatlar bilan Polsha o‘z fuqarolarining xavfsizligini ta’minlay oladi", — deya Radoslav Sikorskiyning so‘zlarini keltiradi Financial Times.

Polsha Tashqi ishlar vazirligi rahbari, shuningdek, Ukraina bilan chegaradosh boshqa Yevropa davlatlarini ham Rossiya raketalarini o‘z havo hududiga kirgunga qadar yo‘q qilishga chaqirdi.

Avvalroq Kiyev G‘arbdagi ittifoqchilarini NATOga a’zo davlatlar hududida havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan G‘arbiy Ukraina osmonini himoya qilishga, shuningdek, Ukraina uzra parvozlar taqiqlangan hududni ta’minlashga chaqirgan edi. Biroq Shimoliy Atlantika alyansi bunday choralar Rossiya Federasiyasi va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!