Zelenskiy: "Dronlarini ishlab chiqarish uchun mablag‘ yetishmayapti"

Zelenskiy: "Dronlarini ishlab chiqarish uchun mablag‘ yetishmayapti"

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyevda uzoq masofaga uchuvchi dronlarni ommaviy ishlab chiqarish uchun pul yo‘qligini tan oldi.

"Biz uzoq masofaga uchuvchi dronlarni ishlab chiqarishni boshladik. Ularning ommaviy ishlab chiqarilishi uchun davlatda yetarli mablag‘ yo‘q", — dedi u Zaporojye viloyatining Kiyev nazorati ostidagi hududlariga safari chog‘ida.

Rossiya maxsus operasiyani boshlaganidan beri G‘arb davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berishni bir necha bor oshirgan. Shu bilan birga, Kiyev doimiy ravishda hamkorlaridan zamonaviyroq modellar va uzoq masofali raketalarni so‘raydi. Rossiya tomoni G‘arbning Kiyevga qurol-yarog‘ yuborishi va ukrainalik harbiylarni tayyorlashga yordam berish faqat mojaroni cho‘zishini va jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirmasligini bir necha bor ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!