Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istondagi atom elektr stansiyasi bo‘yicha referendum sanasini ma’lum qildi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istondagi atom elektr stansiyasi bo‘yicha referendum sanasini ma’lum qildi

"Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha umumxalq referendumi 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi", — deb xabar berdi mamlakat prezidenti xalqqa an’anaviy murojaatnomasi doirasida.

To‘qayev atom energetikasiga murojaatni global energiya tanqisligining kuchayishi va Qozog‘istonning ishonchli va toza energiya manbalariga shoshilinch ehtiyoji bilan bog‘ladi. Hukumat kelajakda bir emas, uchta AES qurish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

2023 yilda Qozog‘iston Energetika vazirligi makmlakatda atom elektr stansiyalarini qurish uchun eng ehtimoliy nomzodlar qatorida to‘rrt kompaniya borligi haqida ma’lumot tarqatdi. Bular: Xitoyning CNNC korporasiyasi, Janubiy Koreyaning KHNP, Fransiyaning EDF va Rossiyaning “Rosatom” kompaniyalaridir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!