Rossiya Ukrainani bombardimon qilmoqda, bunga Polsha aybdor

Rossiya Ukrainani bombardimon qilmoqda, bunga Polsha aybdor

Polsha «G‘arbiy Ukrainani o‘z tarkibining bir qismi sifatida ko‘radi». Bu haqda RTVIga Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskining Financial Times gazetasiga bergan intervyusini izohlar ekan ma’lum qildi.

«Polsha mafkurachilariga G‘arbiy Ukraina kerak, ular bu yerni o‘zlarinikidan boshqa narsa deb bilishmaydi, shuning uchun ular odamlarning azobini kuchaytirmoqda».

Avvalroq Sikorskiy Financial Times gazetasiga bergan intervyusida Polsha va Ukraina bilan chegaradosh boshqa davlatlar Ukraina ustidan o‘z chegaralari tomon ketayotgan raketalarni urib tushirishi mumkinligi haqida fikr bildirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!