Toshkent xalqaro aeroportida “Pax Track” tizimi ishga tushirildi

Toshkent xalqaro aeroportida “Pax Track” tizimi ishga tushirildi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida “Pax Track” tizimi test rejimida o‘rnatilib, ishga tushirildi.

Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ xaber berdi.

“Pax Track” – yo‘lovchilarni kompleks monitoring qilish tizimidir. Ushbu tizim qanday ishlaydi?

Ro‘yxatdan o‘tish joyidan keyin o‘rnatilgan turniketlarda yo‘lovchi bortga chiqish talonini, xodim esa o‘z ruxsatnomasini skanerlashi kerak. Chegara nazorati va aviasiya xavfsizligiga tekshirish xizmatlari ham ushbu tizim bilan integrasiyalashadi. Shunday qilib, kechikayotgan yo‘lovchini bortga chaqirishda aeroport xodimlari tizimdan uning qaysi sektorda ekanligini va ro‘yxatdan o‘tgandan keyin “steril” zonaga kirgan-kirmaganligini bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bugungi kunda uchib ketish zalida 40 ta ro‘yxatga olish peshtaxtasi mavjud. Rekonstruksiya ishlari tugallangach, ro‘yxatga olish peshtaxtalari soni 90 ta bo‘ladi.

Uchib ketish hududidagi chegara nazorati punktlari soni ham 34 tadan 54 taga yetkaziladi. Tekshiruv hududi 15 ta yo‘lakgacha kengaytiriladi. Shuningdek, uchib kelish zalida 48 yo‘lovchi o‘tish kanaliga ega yangi pasport nazorati zonasi tashkil etiladi, bagaj olish kamarlari soni 4 tadan 8 taga ko‘payadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!