Norvegiya qirg‘oqlarida beluga kiti - Valdimir halok bo‘ldi

Norvegiya qirg‘oqlarida beluga kiti - Valdimir halok bo‘ldi

Norvegiyada "rus josusi" deb atalgan beluga kiti Valdimir vafot etdi. Sutemizuvchi 31 avgust kuni mamlakat janubidagi Risavika ko‘rfazida o‘lik holda topilgan.

Belugani uch yil davomida kuzatgan dengiz biologi Sebastyan Strandning so‘zlariga ko‘ra, o‘lim sababi hozircha noma’lum va otopsiya o‘tkaziladi, deb yozadi NRK.

Valdimir laqabli birinchi beluga kiti 2019 yilda Finmarka hududida topilgan. Sutemizuvchi egn kamerasini o‘rnatish uchun mos keladigan rus kompaniyasining logotipi tushirilgan jabduqni kiyib olgan. Bu kit "rus josusi" degan taxminlarga sabab bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!