Telegram ofisi yopildi

Telegram ofisi yopildi

Pavel Durov 2017 yildan buyon istiqomat qilayotgan Dubaydagi Telegram ofisi yopiq va messenjerlar jamoasi tomonidan foydalanilmayapti, deb xabar bermoqda xorijiy OAV.

Avvalroq Durov kompaniyaning mamlakatda yuridik manziliga ega bo‘lishini talab qiluvchi BAA qonunchiligiga rioya qilish maqsadida Microsoft ofisi yaqinidagi Business Central Towersda 200 metrli ofisni ijaraga olgani haqida avval xabar berilgandi.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining fikricha, Durov ham, uning jamoasi ham ijarada ishlamagan. Mahalliy brokerlarga ko‘ra, ofis Telegram’ga yiliga 13 million rublga tushgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!