Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga yetib keldi

 Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga yetib keldi

Bu haqda Rossiya prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin tashrif doirasida mamlakat prezidenti Uxnaagiin Xurelsux, Mo‘g‘uliston Davlat Buyuk Xurali raisi Dashzegviyn Amarbayasgalan va Mo‘g‘uliston bosh vaziri Luvsannamsrayn Oyuun-Erdene bilan uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, Mo‘g‘uliston Putinni hibsga olishga order bergan Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan oladi. Avvalroq XJS Mo‘g‘uliston Rossiya prezidenti mamlakatga tashrif buyurganida uni hibsga olishga majbur ekanini bildirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!