Niderlandiyada o‘ta o‘nglar yetakchisiga tahdid qilgan pokistonliklar ustidan sud jarayoni boshlandi

Niderlandiyada o‘ta o‘nglar yetakchisiga tahdid qilgan pokistonliklar ustidan sud jarayoni boshlandi

Niderlandiyada o‘ngchi Ozodlik partiyasi yetakchisi Gert Vildersga tahdid qilgan ikki pokistonlik ustidan sud jarayoni boshlandi.

Bu haqda ANP axborot agentligi ma’lum qildi.

Gap 56 yoshli diniy yetakchi Muhammad Jaloliy va 29 yoshli siyosiy yetakchi Saad Rizviy haqida ketmoqda. Ulardan birinchisi qotillikka undashga urinishda gumon qilinmoqda. Bir necha bor "bu amalning savobi oxiratda bo‘ladi", deb ta’kidlagan. Ikkinchisi qotillikka undaganlikda gumon qilinmoqda. Ommaviy nutqlarida u o‘z tinglovchilarini ushbu vazifani bajarishga undadi.

Sud majlisida ikkala erkak ham ishtirok etmaydi va advokatlar tomonidan himoyalanmagan. Mahalliy matbuotning yozishicha, ular katta ehtimol bilan Pokistonda. Niderlandiya prokuraturasi Pokiston hukumatidan gumonlanuvchilarga sudga chaqiruv qog‘ozi topshirishni va ularga ayblovlar haqida xabar berishni so‘ragan, biroq hech qanday javob olmagan. Niderlandiya Pokiston bilan ekstradisiya shartnomasiga ega emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!