Innovasiya markazi logotipini o‘zgartirdi

Innovasiya markazi logotipini o‘zgartirdi

Mirzo Ulugbek Innovation Center innovasiya markazi o‘z rasmiy saytidagi logotipini yangiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda sayt (www.muic.uz) redizayn qilinmoqda. Hozircha, saytning barcha tildagi talqinlariga (ruscha, o‘zbekcha, inglizcha) rus tilidagi logotip qo‘yilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Prezidentning 2017 yil 30 iyundagi O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 avgustdagi Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Mirzo Ulugbek Innovation Center innovasiya markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi qarori asosida Mirzo Ulug‘bek nomidagi innovasiya markazi tashkil etilgandi.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!