Huquqiy yangiliklar haqida ingliz tilida ma’lumot beruvchi "Telegram" kanali ishga tushdi

Huquqiy yangiliklar haqida ingliz tilida ma’lumot beruvchi "Telegram" kanali ishga tushdi

Kanalning maqsadi huquqiy ma’rifatni tarqatish, chet elliklar, investorlarni O‘zbekiston huquqiy tizimi haqida xabardor qilish, respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari haqida ob’ektiv, xolis axborot tarqatishdir.

Shu bilan birga, @leginf kanalida u yoki bu masalada professional yuristlar, huquq-tartibot organlarining munosabati taqdim etiladi.

Kanaldagi aksariyat materiallar Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida berilgan ma’lumotlarning tarjimalaridan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, kanalda ingliz tilida qiziqarli huquqqa oid ma’lumotlar ham berib boriladi.

Bundan tashqari, kelgusida @leginf kanalida ingliz tilini o‘rganuvchilar uchun audio, video va boshqa materiallar berib borilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha Adliya vazirligi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!