Hokimiyat vakiliga nisbatan bezorilik qilish og‘irroq jazoga sabab bo‘ladi

Hokimiyat vakiliga nisbatan bezorilik qilish og‘irroq jazoga sabab bo‘ladi

Bezorilik (jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga 22 mln 300 ming so‘mdan 66 mln 900 ming so‘mgacha miqdorda shikast yetkazish, nobud qilish)  uchun quyidagi jinoiy jazolar qo‘llanilishi mumkin:
? 11 mln 150 ming so‘mdan 22 mln 300 ming so‘mgacha miqdorda jarima;
? uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari;
? uch yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Ushbu harakat jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga, jamoatchilik vakiliga, shuningdek bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bo‘lsa, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!