"Hokim topshirig‘i: ertaga soat 7 da hamma paxtaga chiqsin": xodimlar majburlangani aytilmoqda

"Hokim topshirig‘i: ertaga soat 7 da hamma paxtaga chiqsin": xodimlar majburlangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Angorda raisning topshirig‘i bilan dam olish kunlari bank xodimlari paxta terimiga chaqirilishi aytilgan “Shanba (dam olish) kuni “To‘qqiz oy yakuni” deb barcha xodimlari bilan ish tashkillagan (Raisning topshirig‘iga ko‘ra)” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi munosabat bildirdi.

Xabarga ko‘ra, 17 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi tijorat banklari xodimlari shanba (dam olish) kuni raisning topshirig‘i bilan «To‘qqiz oy yakuni» deb ishga jalb etilgan. 18 sentyabr, yakshanba kuni esa ayol xodimlarni chaqirib, kredit undiruvi bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan. Undan keyin hokim topshirig‘i bilan barcha xodimlar paxta terimiga chiqishi tayinlangan.

"Hokim topshirig‘i: ertaga soat 7 da hamma paxtaga chiqsin": xodimlar majburlangani aytilmoqda

Qayd etilishicha, mazkur holat Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilmoqda, o‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!