Hindistonda otishma yuz berdi, ikki polisiyachi halok bo‘ldi

Hindistonda otishma yuz berdi, ikki polisiyachi halok bo‘ldi

Hindiston markaziy zahiradagi polisiya kuchlarining kamida ikki nafar xodimi jangarilar hujumi oqibatida halok bo‘ldi.

Bu haqda NDTV telekanali ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa Manipur shtati shimoli-sharqidagi Vishnupur tumanida sodir bo‘lgan. Huquq-tartibot idoralarining yana ikki nafar xodimi og‘ir tan jarohati oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kuki qabilasiga mansub deb hisoblangan bir guruh jangarilar xavfsizlik kuchlari postlariga qarata o‘t ochgan. Ekstremistlar askarlarga granata ham otgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!