Harbiy bilim yurtiga o‘qishga kiritishga va’da bergan shaxsga sud hukm chiqardi

Harbiy bilim yurtiga o‘qishga kiritishga va’da bergan shaxsga sud hukm chiqardi

Andijon. Tergov jarayonida aniqlanishicha, 2019 yil iyun oyida Oltinko‘l tumanida yashovchi 34 yoshli Ravshan E. Marhamat tumanida yashovchi O.K., o‘g‘lini harbiy bilim yurtiga o‘qishga kiritib  qo‘yishni va’da qilib, undan 6.000.000 so‘m miqdorda pullarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va bergan va’dasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan Ravshan E.,ga nisbatan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ravshan E.,ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblov e’lon qilingan va “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buloqboshi tuman sudining 2020 yil 23 yanvar kungi hukmiga ko‘ra, Ravshan E. ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 2 yil 3 oy muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!