Futzal. Eron O‘zbekistonda bo‘ladigan jahon chempionatiga qit’a g‘olibi sifatida keladi

Futzal. Eron O‘zbekistonda bo‘ladigan jahon chempionatiga qit’a g‘olibi sifatida keladi

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi final o‘yini doirasida mezbon Tailand va amaldagi vise-chempion Eron terma jamoalari kuch sinashdi. Unda forslar yirik 4:1 hisobida g‘oliblikni tantana qildi.

Shu tariqa, Eron milliy terma jamoasi 13 karra Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi. Tailand kumush medallarga ega chiqqan bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoamiz bronza medallari sohibi bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda o‘tadigan futzal bo‘yicha jahon chempionatiga Osiyodan 5 ta terma yo‘l oldi. Eron, Tailand, O‘zbekiston va Tojikiston bilan birga Afg‘oniston ham yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!