Zelenskiy G‘arbni «Moskvaning harbiy rejalarini buzish» uchun qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Zelenskiy G‘arbni «Moskvaning harbiy rejalarini buzish» uchun qurol yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yana xalqaro hamjamiyatga havo hujumidan mudofaa tizimlarini Ukrainaga imkon qadar tezroq yetkazishga, shuningdek, Ukraina bilan Yevropa Ittifoqi va NATOga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlashga chaqirdi.

Bugungi kunda Ukraina qo‘shinlarining frontdagi ahvoli yomonlashishda davom etmoqda va 23 aprelda tasdiqlangan yangi yordam paketiga muvofiq qurol-yarog‘ ta’minoti juda muhim.

Prezident Vakillar palatasida ozchiliklar yetakchisi Hakim Jeffris bilan suhbatlashganini, Kongressga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirganini, biroq Ukraina barcha hamkorlar bilan Ukrainaga o‘z pozisiyasini saqlab qolish va Rossiyaning harbiy rejalarini barbod qilish imkonini beradigan yetkazib berish tezligiga erishish ustida ishlayotganini qo‘shimcha qildi.

«Biz hali ham Ukrainaga va’da qilingan ta’minotni kutmoqdamiz», dedi u kechki videomurojaatida.

«Biz urush maydonidagi vaziyatni Ukraina manfaatlari yo‘lida o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan shunday hajm va miqyoslarni kutmoqdamiz», — deya qo‘shimcha qildi Vladimir Zelenskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!