Germaniya Ukrainadagi mojaroni tezroq tugatish va Rossiya bilan muzokaralar olib borishga chaqirdi

Germaniya Ukrainadagi mojaroni tezroq tugatish va Rossiya bilan muzokaralar olib borishga chaqirdi

Germaniyaning Brandenburg federal shtati bosh vaziri Ditmar Voydke Ukrainadagi mojaroga tezroq barham berish va Rossiya bilan muzokaralar olib borish tarafdori ekanini aytdi. Uning so‘zlarini Tagesspiegel nashri keltirgan .

U Germaniya sosial-demokratik partiyasining saylovoldi tadbirida so‘zlagan nutqi chog‘ida vaziyatni imkon qadar tezroq diplomatik yo‘llar bilan hal qilish kerakligini ta’kidladi.

«Evropada ikki yarim yildan beri urush davom etmoqda. Va men Germaniya hukumati imkon qadar tezroq barcha diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirishini kutaman», — dedi siyosatchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!