Gaz bo‘lmaydigan hududlarda aholi ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlanadi

Gaz bo‘lmaydigan hududlarda aholi ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlanadi

✅ Gaz bo‘lmaydigan hududlarda aholini ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

👉 qish mavsumida gaz bo‘lmaydigan hududlarga yetarli miqdorda ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha tegishli hujjatlar tasdiqlanadi (Vazirlar Mahkamasi – viloyat hokimliklari – tuman hokimliklari);

👉 tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan aholini ko‘mir bilan ta’minlashga oid jadval mahalla fuqarolar yig‘iniga yetkaziladi;

👉 mahalla fuqarolar yig‘ini kelib tushgan arizalarga muvofiq ko‘mirni sotib olish bo‘yicha reestrni shakllantiradi va uni ko‘mir omborlariga yetkazib beradi;

👉 ko‘mir omborlari mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan taqdim etilgan reestrga va tasdiqlangan jadvalga asosan aholini ko‘mir mahsuloti bilan Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan narxlar asosida uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘radi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!