Futbol murabbiysi nega sudyaga tiz cho‘kdi?

Futbol murabbiysi nega sudyaga tiz cho‘kdi?

Sofiyaning SSKA futbol klubi bosh murabbiyi Nestor El Maestro Bolgariya chempionatidagi o‘yinda qo‘shimcha vaqt qo‘shib berishi uchun sudyaga tiz cho‘kdi, deb yozadi "Qalampir.uz".
 
Referi o‘yin oxirida qo‘shimcha ikki daqiqa qo‘shib bergani sabab, El Maestro unga ko‘proq vaqt ajratishini so‘rab, hammaning ko‘z o‘ngida sudyaga tiz cho‘kdi.
 
Ammo, serb murabbiysining iltimosi yerda qoldi. O‘yinga ikki daqiqadan ortiq qo‘shimcha vaqt qo‘shib berilmadi va uchrashuv 1:1 hisob bilan yakunlandi.
 
Aytib o‘tish lozim, agar SSKA jamoasi g‘olib bo‘lganida, Bolgariya chempionatida yetakchi o‘rinlardan biriga da’vogar bo‘lar edi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!