Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionatining birinchi turida Maliga qarshi maydonga tushadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi jahon chempionatining birinchi turida Maliga qarshi maydonga tushadi

Joriy yilning 10 noyabr-2 dekabr kunlari Indoneziyada 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Mazkur turnirda O‘zbekistonda o‘smirlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari «B» guruhida Ispaniya, Mali va Kanada terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev U-17 jahon chempionati oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

- Tayyorgarlik jarayoni avjida. Bu yergacha uzoq yo‘lni bosib keldik. Bilamizki, birinchi o‘yin juda muhim, shu sababli butun e’tiborimizni shu o‘yinga qaratganmiz. Jahon chempionati – eng katta darajali musobaqa. Bu yerga dunyoning eng kuchli termalari tashrif buyurgan. Musobaqadagi maqsadimiz yurtimiz bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarish va nimalarga qodirligimizni ko‘rsatish. Musobaqani ko‘tarinki kayfiyatda boshlash uchun ilk bahsda ijobiy natija ko‘rsatish muhim. Raqib haqida yetarlicha ma’lumotlarga egamiz – kamchiligi va ustun tomonlarini o‘rganib chiqyapmiz. Bizni ajoyib o‘yin kutib turibdi.

Mali – O‘zbekiston uchrashuvi 10 noyabr kuni 14:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, kichik mundial nomini olgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida 24 ta jamoa ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!