Futbol bo‘yicha agentlarni akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi

Futbol bo‘yicha agentlarni akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi

“Hududiy futbol assosiasiyalari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (311-son, 22.05.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, hududiy futbol assosiasiyalariga yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini tubdan takomillashtirish, futbol sohasiga xususiy investisiyalarni keng jalb etishni tashkil qilish kabi vazifalar tavsiya etildi.

Sport maktablari futbol ligasi” va “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport va ommaviy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritiladi. 

Tegishli hududda professional futbolni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi, jumladan, har bir tumandan (shahardan) hududiy birinchiliklarda ishtirok etuvchi kamida bitta futbol jamoasi va o‘tkaziladigan musobaqalarga mos ravishda markaziy stadion bo‘lishi ta’minlanadi. 

Qarorga ko‘ra, Futbol bo‘yicha agentlar (vositachilar) faoliyatini tartibga solish va ularni akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi amaliyotga joriy etiladi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!