Fuqarolik sudlarida ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi

Fuqarolik sudlarida ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqiladi


“Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi va fuqarolik prosessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–716-son, 16.09.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi

🏢 Qonun bilan Fuqarolik prosessual kodeksiga soddalashtirilgan tartibda ish yuritish instituti kiritildi.

☑️ Da’voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan BHMning 20 baravaridan, YATTga nisbatan 10 baravaridan, jismoniy shaxslarga nisbatan esa 5 baravaridan oshmasa, ishlar soddalashtirilgan tartibida ko‘rib chiqiladi.

➡️ Soddalashtirilgan tartibida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ajrimda javobgarga da’vo arizasiga doir yozma fikrini taqdim etishi zarurligini ko‘rsatadi va uni javobgarga yuboradi.

❕Javobgar da’vo arizasiga doir yozma fikrini sudga o‘zi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.

⏳ Soddalashtirilgan tartibida ish ajrim chiqarilgan kundan 20 kundan oshmagan muddatda yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

🚫 Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish muddati uzaytirilmaydi.

✅ Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini o‘tkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan ko‘rib chiqadi.

📋 Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, e’tirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi hamda hal qiluv qarorini qabul qiladi.

▫️Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!