Fransiya Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik qilishga qiziqmoqda

Fransiya Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlik qilishga qiziqmoqda

Fransiya va Rossiyaning iqtisodiy hamkorligi ikki tomonlama munosabatlarning o‘ta muhim elementi bo‘lib qolmoqda, shuning uchun Parij va Moskva savdo-sotiqni yanada jadal rivojlantirishlari kerak.

Bu haqda Fransiya va Rossiya Federasiyasining Milliy Majlisdagi do‘stlik guruhining raisi, "Respublika odimlari" partiyasidan saylangan deputat Karolin Janvye ma’lum qildi.

- Ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikka oid masalalar o‘ta muhimdir. Muloqot va hamkorlikni chuqurlashtirishga imkon beradigan ko‘plab formatlar mavjud ", deydi u.

Janvyening so‘zlariga ko‘ra, buni Rossiya va Fransiya iqtisodiy, moliyaviy, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha kengash yordamida amalga oshirishi mumkin.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!