Fransiya bilan qiymati 6 mlrd yevrodan ziyod bo‘lgan kelishuvlar imzolandi

Fransiya bilan qiymati 6 mlrd yevrodan ziyod bo‘lgan kelishuvlar imzolandi

22 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev va Emannuel Makron rafiqalari bilan birgalikda Parijdagi Arab dunyosi institutida «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari» ko‘rgazmasi bilan tanishdi.

Ko‘rgazmadan Nukus, Samarqand, Buxoro va Toshkent muzeylaridan keltirilgan to‘qimachilik buyumlari, libos va poyabzallar, bosh kiyim to‘plamlari, shuningdek, Turkiston avangardi yo‘nalishiga mansub 24 ta mo‘yqalam asari o‘rin olgan.

Ta’kidlash kerakki, Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga rasmiy tashrifi davomida O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan 14 ta hujjat tasdiqlandi.

Umumiy qiymati 6 milliard yevrodan ziyod bo‘lgan savdo-iqtisodiy, investisiyaviy va moliyaviy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama kelishuvlarga erishildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga ikki kunlik rasmiy tashrifi yakunlanib, davlatimiz rahbari Toshkentga qaytib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!