Ertaga Damas D2 Style Plus uchun shartmoma ochiladi

Ertaga Damas D2 Style Plus uchun shartmoma ochiladi

"O‘zavtomotors"ning ma’lum qilishicha, ertaga, 23 aprel kuni soat 10:00 da Damas D2 Style Plus uchun onlayn kontraktasiya ochiladi.

Avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov belgilangan muddatga qadar amalga oshirilmasa, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, muntazam kontraktasiyaga qayta qo‘yib borilishi eslatib o‘tildi.

Xaridorlarga Damas modeli uchun avvalgi kontraktasiyadan chiqarilgan hajmlar yana qayta taqdim etiladi. 23 aprel kuni soat 10:00 da mazkur hajm uchun onlayn kontraktasiya ochiladi.

Avtomobillar narxi o‘zgarishsiz qolishi ma’lum qilingan.

Damas avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!