Forbes jurnali muqovasida ilk bora xitoylik Jek Maning surati chop etildi

Forbes jurnali muqovasida ilk bora xitoylik Jek Maning surati chop etildi

Jek Ma Xitoyning surati Forbes jurnali muqovasida chop etilgan birinchi kishisidir. U Xitoyning eng boy odami va shu bilan bir qatorda sayyoramizning ham eng boy insonlaridan biridir. Hozirda uning boyligi 41.8 mlrd $ni tashkil etadi. Alibaba Group Aliexpress onlayn-do‘koni, Alibaba Picture kinokompaniyasi va bulutli xizmatlar taklif qiluvchi Alibaba Cloud Computing kompaniyalari tuzilmalarini boshqaradi.

Jek Ma Alibaba’ni tark etish rejasini ilk bor 2018 yil sentyabrida ma’lum qilgan edi. O‘shanda u ta’lim sohasidagi xayriya loyihalari bilan shug‘ullanmoqchi ekanligini bildirgan edi. Sobiq ingliz tili o‘qituvchisi Jek Ma 1999 yili Alibaba’ga asos solgan. Alibabaning bozor bahosi 460 mlrd $ni tashkil etib, u Amazon hamda YEBaydan ham qimmatroqdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!