Fojia! Xatirchida aka-ukalar voyaga yetmagan jiyanini urib o‘ldirishdi

Fojia! Xatirchida aka-ukalar voyaga yetmagan jiyanini urib o‘ldirishdi

2019 yil 29 mart kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumani Urganji qishlog‘ida yashovchi H.X., Uchquduq tumani Yo‘lchilar qo‘rg‘oni Dev mahallasida yashovchi akasi Z.X. bilan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani Ko‘mir qishlog‘ida yashovchi opasi D.X.ning uyiga kelgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

U yerda aka-ukalar voyaga yetmagan jiyani B.A.ni tarbiyalash maqsadida tanasining turli joylariga tayoq bilan urib, jarohat yetkazganlar. Oqibatda bolaning sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli uni boshqa xonaga olib chiqib, yotqizib qo‘yganlar.

Natijada B.A. olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,aka-ukalar ushlanganlar.Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!