Sirdaryoda ruhiy nosog‘lom ayolni mazax qilgan xodimlar jarimaga tortildi

Sirdaryoda ruhiy nosog‘lom ayolni mazax qilgan xodimlar jarimaga tortildi

Sirdaryo tumanidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar “Muruvvat” internat uyida ruhiy nosog‘lom ayol mazax qilgandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi bunda aybdor deb topilgan xodimlar jarimaga tortilganini ma’lum qildi.

Ayolning mazax qilingani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi. Video internat uyi oshxonasida autsorsing asosida xizmat ko‘rsatadigan MCHJ ishchilari O.SH. va M.X. tomonidan tasvirga olingan. Ular muassasa hududida erkin sayr qilib yurgan Y.S.ni shifokor, hamshira va kichik tibbiy xodimlar (enaga) ruxsatisiz oshxona binosiga olib kirib, ruhiy holatini bila turib mazax qilishgan. Mazkur olingan videotasvir oshxonada ishlovchi xodimlarning Telegram guruhiga tashlagan.

17 may kuni internat uyi rahbari Sirdaryo tumani IIBga murojaat qilib, xodimlarning xatti-harakatiga “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunning 3 va 4-moddalari yuzasidan qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha murojaat qilgan. Shundan so‘ng, O.SH. va M.X. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va ular vazifasidan ozod etilgan.

Sirdaryo tumani IIB tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari yakunlanib, MCHJ ishchilari O.SH. va M.X.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2 moddasi 1-qismiga muvofiq, eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida jarima to‘lash jazosi belgilandi.

Shuningdek, autsorsing asosida xizmat ko‘rsatuvchi Innovation-Outsorsing-Service MCHJ bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun firma rahbari nomiga ogohlantirish xati chiqarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!