Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qildi

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qildi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy sayti xabar berdi.

«Davlat rahbari «Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qilish to‘g‘risida»gi Qozog‘iston Respublikasi qonunini imzoladi», — deyiladi Akorda xabarida.

25 aprel kuni Qozog‘iston Senati deputatlari ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikasiya qilgandi.

Tegishli bitim ikki davlat rahbarlari tomonidan 2022 yil 22 dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan. 2023 yil 30 noyabrda prezident shartnomani ratifikasiya qilgandi.

Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, madaniy-gumanitar sohalarda, fuqaro mudofaasi va energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, xalqaro maydonda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi.

Shartnoma shartlariga muvofiq, tomonlar ikki davlat parlamentlari, siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.

Shuningdek, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va separatizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, noqonuniy migrasiya, odam savdosi, noqonuniy savdo, shu jumladan, xavfsizlikka oid yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish masalalarida tashqi siyosat, mudofaa, xavfsizlik sohalari, qurol, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarida yaqindan hamkorlik qilish nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!