26 mlrd dollar miqdoridagi investisiya loyihalarini amalga oshirish choralari tasdiqlandi

26 mlrd dollar miqdoridagi investisiya loyihalarini amalga oshirish choralari tasdiqlandi

Prezident tomonidan “Uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining yig‘ilishi doirasida 26 mlrd AQSh dollaridan ziyod miqdordagi investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Kelishuvlarni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida hujjat bilan:

  • Uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida erishilgan investisiya bitimlari va kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;

  • Uchinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;

  • Prezident huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisida ilgari surilgan takliflar va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi tasdiqlanmoqda.

Investisiyalar vazirligiga topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan axborotni prezident administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borish yuklatilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!