Samarqandda Italiyadan keltirilgan gul ko‘chatlari yo‘q qilindi

Samarqandda Italiyadan keltirilgan gul ko‘chatlari yo‘q qilindi

Italiyadan Samarqandga keltirilgan gul ko‘chatlari yo‘q qilingani ma’lum bo‘ldi.

Xabarga ko‘ra, mazkur gullarda bakterial kasallik qo‘zg‘atuvchi hamda ma’lum turdagi zararkunanda borligi aniqlangan. Samarqand shahrida oilaviy korxona tadbirkorligi bilan faoliyat yurituvchi tashkilotga Italiyadan 100 dona karantin ostidagi mahsulot atirgul ko‘chatlari (rose climbingrampicante mix photos) hamda 100 dona gardania grandiflora gullari olib kelingan.

Ushbu mahsulotlardan boshqarmaning tashqi iqtisodiy faoliyat davlat inspektorlari tomonidan namunalar olinib, markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga ekspertiza xulosasi uchun yuborilgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu ko‘chatlar erwinia amylovora bakterial kassalik qo‘zg‘atuvchi hamda prunus necrotic ringspot virusi (danak mevali daraxtlarning nekrotik dog‘lanish kasalligi) va 100 dona gardania grandiflora sitrus oq qanoti zararkunandasi borligi aniqlangan.

100 dona gardania grandiflora gullarida namli zararsizlantirish ishlari olib borilgan. Karantin osti mahsulotlari hisoblangan 100 dona atirgul ko‘chatlarini eksportyor davlatga qaytarib yuborishning imkoni yo‘qligi sababli viloyat o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining mas’ul xodimlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yoqib yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!