Armanistonning hukmron partiyasi Pashinyanning iste’fosini muhokama qilyaptimi?

Armanistonning hukmron partiyasi Pashinyanning iste’fosini muhokama qilyaptimi?

Armanistonning hukmron «Fuqarolik kelishuvi» partiyasi muxolifat harakatlari fonida bosh vazir Nikol Pashinyanning iste’foga chiqishi yoki muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini muhokama qilmayotganini ma’lum qildi.

Bu haqda partiya raisi o‘rinbosari, deputat Vaagn Aleksanyan brifingda ma’lum qildi, deb yozadi «Report».

«Kun tartibida navbatdan tashqari parlament saylovlari mavjud emas. Muxolifat mandatlaridan voz kechsa ham, bu muddatidan oldin saylovlarga olib kelmaydi. Muxolifatning bosh vazirga impichment jarayonini boshlash haqidagi bayonotiga kelsak, ular buni boshlay olmaydilar, boshlasa ham, barbod bo‘lishadi. Nima uchun Nikol Pashinyanning iste’fosini muhokama qilishimiz kerak? Axir mamlakatda hech qanday siyosiy inqiroz yo‘q», dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!